KANASH Sergey Stepanovich (1896.23.9 — Toshkent — 1975.30.10) — seleksioner olim, Oʻzbekiston FA (1952) va VASXNIL (1948) akad., Oʻzbekiston (1944) va Tojikiston (1946) Respublikalarida xizmat koʻrsatgan fan va texnika arbobi. Oʻrta Osiyo untining q. x. f-tini tugatgan (1925). Turkiston seleksiya st-yasida seleksioner, assistent (1925 — 29), SoyuzNIXIning Markaziy seleksiya st-yasi sektor mudiri (1930-38), ilmiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari (1939—41), direktori (1942—57), Oʻzbekiston FA Prezidiumi aʼzosi va biol. fanlari boʻlimi raisi (1956—60), Butunittifoq gʻoʻza seleksiyasi va urugʻchiligi i. t. inti direktori (1960—64). Kanash gʻoʻzaning serhosil, viltga va gommozga chidamli 8517, 8582, 8427, S-460, S-1579, S-1622, 18819, S-450555, S—1472, S—1225 va b. navlarini yaratdi; ilmiy ishlari gʻoʻza biol. si, seleksiyasi va urugʻchiligi, har xil xromosomali gʻoʻza turlarini duragaylash usullari masalalariga bagʻishlangan.
As: Mejvidovaya gibridizatsiya v predelax raznoxromosomnыx vidov xlopchatnika, M. — T., 1932.