KAMPONGTYAM — Kambodjadagi shahar, Mekong daryosi sohilidagi port. Kampongtyam provinsiyasining maʼmuriy markazi. Aholisi 30 ming kishidan ziyod. Kauchuk, baliq, oʻrmon mahsulotlari eksport qilinadi. Toʻqimachilik, oziq-ovqat sanoati korxonalari, issiqlik elektr st-yasi bor. Taxta tilish markazi. Toʻquv hunarmandchiligi rivojlangan. Shaharga 20-a. boshlarida asos solingan
Loading…