KAMPIRQURSOQ

KAMPIRQURSOQ (Tortula desertoram) — kampirqursoqlar turkumiga mansub yoʻsin. Boʻyi 1 — 1,5 sm. Oʻrta Osiyo choʻllarida, koʻpincha, boyalich va juzgʻun kabi butalar tagida, qum tepaliklarning shim. yon bagʻirlarida yoki tekisliklarda oʻsadi. Kampirqursoq yaxshi oʻrganilmagan. Qishning iliq kunlarida va erta bahorda yomgʻirdan soʻng yam-yashil boʻlib oʻsib chiqadi. Yogʻingarchilik tugab, kunlar isiy boshlashi bilan qora-qoʻngʻir tusga kirib, kelgusi mavsumgacha yotadi. Kampirqursoq juda zich oʻsib tuproqda alohida qatlamlar hosil qiladi. Kampirqursoq paydo boʻlgan maydonlarda oʻtlar (iloq, yaltirbosh va b.) kamayib ketadi. Oʻtloklarning hosildorligi kamayib ketmasligi uchun Kampirqursoq qoplamlarini yoʻqotish zarur.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x