KAMERON

KAMERON (Cameron) Charlz (1730, Shotlandiya — 1812, Peterburg) — meʼmor, klassitsizm namoyandasi. Fransiya va Italiyada oʻqigan. 1779-y. dan Peterburgda Yekaterina II saroyida ishlagan. 1802—1805-y. lar Admiralteystvo kollegiyasida bosh meʼmor. K. qurgan Sarskoye Selo (hoz. Pushkin sh.)dagi inshootlar majmuasi (1780—93) meʼmorligida rim termlari uslubi qoʻllanilgan. Pavlovskdagi saroy, bogʻ pavilyonlari (1780 — 1801) va b. oʻzining klassik yorqinligi, nafisligi, meʼmorning fantaziyaga boyligi, kad. meʼmoriy shakl va bezaklar turli koʻrinishda talqin qilinishi bilan oʻziga tortadi. Alohida izlanuvchanlik va ustalik bilan qoʻllanilgan turfa xil materiallar Kameron yaratgan interyerlardagi nafis bezak va shakllarda (Pushkin sh. dagi Katta saroy, Pavlovskdagi Yunon va Rim zallari, 1770—80 va b.) koʻzga tashlanadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x