KAMERLING-ONNES

KAMERLING-ONNES (Kamerlingh Onnes) Xeyke (1853.21.9, Groningen — 1926.21.2, Leyden) — golland fizigi va kimyogari. Gollandiya FA aʼzosi. Past t-ralar fizikasi asoschilaridan biri. Gazlarni suyultirish mumkin boʻlgan yuqori unumli qurilmani ishlab chiqqan. Suyuq vodorodni olgan (1906). Birinchi boʻlib mutlaq nolga yaqin t-ra hosil qilgan va bir nechta moddaning xossalarini tekshirgan. Suyuq geliy hosil qilish usulini ishlab chiqqan va birinchi boʻlib uni olgan (1908). K.-O. 1,04 K past t-rani olishga muvaffaq boʻlgan va jismlarning past t-ra sharoitidagi xossalarini oʻrganib chiqqan. Suyuq geliyning qovushqokligi, zichligi, solishtirma issiqlik sigʻimi va t-rasini oʻlchagan. U simob, qalay va b. baʼzi elementlarning oʻta oʻtkazuvchanligini kashf qilgan (1911), kuchli magnit maydoni taʼsirida oʻta oʻtkazuvchanlikning buzilishini kuzatgan (1913), oʻta oʻtkazuvchanlikdan juda kuchli magnit maydonni hosil qilishda foydalanishni taklif qilgan. Nobel mukofoti laureati (1913).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x