KALVINIZM

KALVINIZM — protestantizmdagi yoʻnalishlardan biri. Asoschisi J. Kalvin. Reformatsiya natijasida 16-a. da Jenevada vujudga kelib, Fransiya, Niderlandiya, Shotlandiya, Angliya va b. mamlakatlarga tarqalgan. Kalvinizm taʼlimotiga faqat Muqaddas yozuvni tan olish, ilohiy qismatga ishonish, odamlarning najot topishida ruhoniylarning yordami zarurligini inkor etish, xoch va ikonaga sajda qilishni rad etish, cherkov marosimlarini soddalashtirish (ibodat paytida diniy musiqa chalmaslik, sham yoqmaslik, cherkov devorlarida tasvirlar boʻlmasligi) xos. Kalvinizm bir necha tarmoqlarga boʻlinib ketgan. Kalvinizmning hoz. zamon tarafdorlari — kalvinistlar, reformatlar, presviterianlar, kongregatsionalistlar.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x