KALVIN (Calvin, Calvinus) Jan (1509.10.7, Nuayon, Fransiya — 1564.27.5, Jeneva) — Fransiyada Reformatsiya namoyandalaridan biri, kalvinizm asoschisi. Ruhoniy oilasida tugʻilgan. Diniy va yuridik maʼlumot olgan. M. Lyuter taʼsirida protestantizmga moyil boʻlgan. 1534 i. protestantlar Fransiyada taʼqib etilgach, Jenevaga keldi. 1541-y. Jenevaning diktatori (shahar hokimi) boʻlgach, oʻz taʼlimotini amalga oshirishga intildi. «Xristian dinidagi koʻrsatmalar» asarida (1536) kalvinizm asoslari ifoda etilgan. Qadimgi ahdni xristianlik haqiqatining yagona manbai deb hisoblagan. Cherkov va jamiyat xayotida xudoga eʼtiqod qilishni targʻib etish Kalvin faoliyatining asosini belgilaydi. Kalvin oʻta diniy murosasizligi bilan ajralib turgan. U oʻz taʼlimotini Fransiya, Angliya, Niderlandiya, Germaniya, Vengriya va Polsha mamlakatlariga tarqatdi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые