KALSIY

KALSIY (lot. Calx, Calcis — ohak soʻzidan olingan; Calcium) , Ca — Mendeleyev davriy sistemasining II guruhiga mansub kimyoviy element. Ishqoriy-yer metallariga kiradi; tartib raqami 20, at m. 40,08. Tabiiy Kalsiy oltita barqaror izotopdan tuzilgan: 40Sa (96,94%), 44Sa (2,09%), 42Sa(0,67%), 48Sa (0,187%), 43Sa (0,135%) va 46Sa (0,003%). Oksidlanish darajasi +2, goho + 1; ionizatsiya energiyasi Sa°—> Sa+—» Sa2+, tegishlicha 6,11308 va 11,8714 eV ga teng; Poling boʻyicha elektromanfiyligi 1,0; atom, radiusi 0,197 nm, ion radiusi (qavslarda koordinatsiyasi son keltirilgan) Sa2+ 0,114 nm (6), 0,126 nm ( , 0,137 nm (10), 0,148 nm (12).

Yer poʻstida tarqalganligi jihatidan beshinchi oʻrinda (O, Si, Al, Fe dan keyin) turadi, massasi jihatidan 3,38%ni tashkil qiladi. Tabiatda faqat minerallar (400 ga yaqin) holida uchraydi. Kalsiyning turli silikat va alyumosilikatlari, mas, anortit Ca[Al2Si208], diopsid CaMg[Si2O6], vollastonit Ca3[Si309] keng tarqalgan. Bulardan tashqari, kalsiy SaSO, (tabiiy shakllari — ohaktosh, boʻr, marmar), dolomit (CaMgCO3)2, fosforit Sa5(RO4)3 (ON2SO3),apatitlar Sa5(RO4)3(Gʻ, S1), gips CaSO4-2H2O, flyuorit SaGʻ2 va b. sanoat ahamiyatiga ega. Kalsiy birikmalari tabiatdagi togʻ jinslari, suvlar va tuprok, tarkibida ham bor. K. biogen elementyaardan biri boʻlib, oʻsimlik, odam va xayvonlar suyagining asosini tashkil etadi. SaSO3 — mollyuskalar, shilliqqurtlar va tuxum poʻstlogʻi tarkibida koʻp miqdorda boʻladi.

Katta yoshdagi odamlar vaznining 1,4— 2%i K. dan iborat. 12 yoshgacha boʻlgan bolalar organizmining Kalsiyga kundalik ehtiyoji 0,5—0,6 g, 12—18 yoshdagilarda 0,7—0,8 g, katta yoshdagilarda 0,5 g va homilador ayollarda 1 g. K. kumush kabi oq metall. Suyuqlanish t-rasi 842°, qaynash t-rasi 1495°; zichligi 1,54 g/sm3. Plastik, yumshoq, oson bolgʻalanadi, pichoq b-n kesish mumkin. Juda faol metall boʻlganligi sababli odatdagi t-radayoq havo kislorodi bilan reaksiyaga kirishib, oksid parda bilan qoplanadi. Shuning uchun u moyda yoki jips yopiluvchi idishda saqlanadi. Suv va kislotalar b-n reaksiyaga kirishib vodorod ajratib chiqaradi. Havoda qizdirilganda SaO (soʻndirilmagan ohak), suv taʼsirida (SaON)2 (soʻndirilgan ohak) hosil boʻladi. Vodorod bilan bevosita birikib, Kalsiy gidrid SaN2, azot bilan Kalsiy nitrid (Ca3N2), uglerod bilan Kalsiy karbid SaS2hosil qiladi, galogenlar bilan shiddatli reaksiyaga kirishadi. Birikmalarda 2 valentli. Kuchli qaytaruvchi, metallarning oksidlari, sulfidlari va galogenidlaridan tegishli metallarni siqib chiqaradi. K, Al, Ag, Cu, Li, Mg, Pb, Sn va b. metallar bilan intermetall birikmalar hosil qiladi. Sanoatda K. SaS12 (75-85%) + KS1 (15-25%) aralashmasini elektroliz qilib, shuningdek, kalsiy oksidi (SaO)ni alyuminiy kukuni ishtirokida termik qaytarish usuli bilan olinadi: bSaO + 2A1 – > ZSaO • A12O3 + ZSa K. metallurgiyada U, Th, Ti, Zr, Cs, Rb va baʼzi lantanoidlarni ularning birikmalaridan ajratib olishda, poʻlat, bronza va b. qotishmalarni tarkibidagi kislorod, azot, oltingugurt, fosfor kabi qoʻshimchalardan tozalashda, organik suyukliklarni suvsizlantirishda, vakuum qurilmalarida getter sifatida, alyuminiy va magniyning qotishmalariga qoʻshimcha sifatida qoʻllaniladi.

Kalsiy birikmalari. Kalsiy gidroksid, soʻndirilgan ohak, (SaON)2 — kuchli asos. Rangsiz kristall modda. Zichligi 2,34 g/sm3. Tabiatda portlantid minerali holida uchraydi. 1 va 0,5 molekula suvli kristallogidratlari maʼlum. Qizdirilganda suvini yoʻqotib, kalsiy oksid (SaO) ga aylanadi. Nam havoda karbonat angidrid b-n birikib kalsiy karbonat hosil qiladi. Qurilishda, kimyo sanoatida (xlorli ohak, soda olishda), metallurgiyada, qand va teri (koʻn) i. ch. da, q. x. da suvni tozalashda va b. da ishlatiladi.

Kalsiy karbid, SaS2 — kalsiyning uglerod bilan hosil qilgan birikmasi. Kimyoviy sof holdagi Kalsiy — rangsiz kristall modda, texnikada qoʻllaniladigani kulrang yoki qora rangli. Suyukdanish t-rasi 2160°, qaynash t-rasi 2300°; zichligi 2,22 g/sm3. Suv bilan shiddatli reaksiyaga kirishib atsetilen hosil qiladi. Kalsiy — kuchli qaytaruvchi; deyarli barcha metall oksidlarini karbidlar yoki erkin metallargacha qaytaradi. Soʻndirilmagan ohakni elektr pechlarida uglerod bilan qaytarib olinadi. Sanoatda kalsiy sianamid va atsetilen olishda ishlatiladi.

Kalsiy oksid, SaO — soʻndirilmagan ohak, SaO — kalsiyning kislorodli birikmasi. Rangsiz kristall modda. Suyuqlanish t-rasi 2627°, qaynash t-rasi 2850°; zichligi 3,37 g/sm3. Suv bilan nixryatda shiddatli reaksiyaga kirishib, soʻndirilgan ohak (SaON)2 hosil qiladi. Reaksiya natijasida koʻp miqdorda issiqlik ajralib chiqadi. Kalsiy karbonatni 900—1000° t-rada kuydirib, oʻta sof holdagi Kalsiy esa yuqori t-ralarda (CaNO3)2 ni parchalash yoʻli bilan olinadi. Boglovchi materiallar (sement, gips, alebastr), xlorli oxak, soda, (SaON)2, SaS2 va kalsiyning b. birikmalarini olishda, metallurgiyada flyus, organik sintezda katalizator sifatida qoʻllaniladi.

Kalsiy sulfat, CaSO4 — sulfat kislotaning kalsiyli tuzi. Rangsiz kristall modda. Tabiatda digidrat CaSO42 H2O (gips, alebastr) va angidrit CaSO4 holida uchraydi. Suyuqlanish t-rasi 1460°; zichligi 2,98 g/sm3. Ikkita bekaror geksagonal panjarali modifikatsiyasi maʼlum (a-va r-CaSO4 a — CaSO4 ning zichligi 2,587 g/sm3. (3-CaSO4 niki 2,484 g/sm3. Ikkala modifikatsiya ham suvda eriydi, gigroskopik, 0,5 va 2 molekula suvli kristallogidratlar hosil qiladi. Tabiiy suvlar tarkibida Kalsiy miqdori ortishi bilan ularning qattiqligi ham ortib boradi. Koʻmir bilan birga qizdirilganda CaS gacha qaytariladi. Kalsiy kalsiy xloridga kaliy sulfat taʼsir ettirish yoʻli bilan olinadi. Tabiiy Kalsiy boglovchi materiallar, sunʼiy usulda olingan Kalsiy esa termolyuminissent materiallar olishda qoʻllaniladi.

Kalsiy xlorid, SaS12 — xlorid kislotaning kalsiyli tuzi. Rangsiz kristall modda. Suyuqlanish t-rasi 775°, qaynash t-rasi 1957°; zichligi 2,512 g/sm3. Suvda yaxshi eriydi. Soda va bertolle tuzi olish jarayonida koʻp mikdorda hosil boʻladi. Yogʻoch va matolarga Kalsiy eritmasi shimdirilsa, oʻtga chidamliligi ortadi. Kalsiy kalsiy metali va uning tuzlarini olishda, gaz va suyuqliklarni quritishda, betonning qotish jarayonini tezlashtirishda, tibbiyotda asabni tinchlantiruvchi, qon toʻxtatuvchi dori sifatida, allergik kasalliklarni davolashda qoʻllaniladi.

Kalsiy fosfatlari — rangsiz kristallar. Ortofosfat (SaRO4)2 — a (suyuqlanish t-rasi 1200°; zichligi 2,81 g/sm3) va R (suyuqlanish t-rasi 1670°; zichligi 3,07 g/sm3) modifikatsiyalarda mavjud. Suvda juda oz eriydi; kislotalar bilan oson reaksiyaga kirishib, gidrofosfatlar hosil qiladi. Fosforit, apatit, gidroksilapatit minerallari tarkibiga kiradi. Suyaklar tarkibida ham bor. Tabiiy hamda sintez yoʻli bilan olingan ortofosfat mol va qushlarning ozuqalariga qoʻshib beriladi. Kukun holidagi Sa3(RO4)2 — fosforit uni oʻgʻit sifatida, shakar qiyomini tozalashda, keramika va shisha, tish pastalari, yuvish vositalari va abraziv materiallar i. ch. da, fosfor va fosfat kislota olishda qoʻllaniladi. Gidroortofosfat SaNRO4 va digidrat SaNRO4-2N2O qoramolga qoʻshimcha ozuqa hamda fosforli oʻgʻit sifatida ishlatiladi. SaNRO42N2O ni 900° da kuydirib, tish poroshoklarini tayyorlashda yumshoq abraziv sifatida qoʻllaniladigan, yuvuvchi vositalar, tish sementlarining komponenti boʻlgan pirofosfat Sa2R2O7 olinadi.

Digidroortofosfat (SaN,RO4)2 — gigroskopik modda. Uning monogidrati (SaN2RO4)2-N2O suvda oz (30° da 100 g da 1,8 g) eriydi. Kalsiy ohakka fosfat kislota taʼsir ettirib, (SaN2RO4)2N2O esa apatit yoki fosforitga fosfat yoki sulfat kislota taʼsir ettirib olinadi. Birinchi usulda qoʻsh superfosfat, ikkinchisida oddiy superfosfat, (SaN,RO4)2ni kuydirilsa, optik shisha i. ch. da qoʻllaniladigan polifosfat (SaRO3)2 hosil boʻladi.

Rustam Marupov

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x