KALOBODIY

KALOBODIY (yoki al-Kaloboziy) , Abu Bakr Muhammad ibn Isʼhoq alBuxoriy [(?, Kalobod (Buxoro sh. yaqinida)—990 yoki 995, ?)] — hanafiylik faqihi, tasavvuf boʻyicha arab tilida yozilgan eng mashhur ilk asarlardan birining muallifi. Buxoroda vafot etgan deb taxmin qilinadi. Kalobodiy huquqni Muhammad ibn Fadladan oʻrgangan, sufiy shayx Qosim Farisga shogird tushgan. Kalobodiy yozgan 5 yoki 6 asardan 2 tasi bizgacha yetib kelgan. Paygʻambarning baʼzi hadislariga axloqiy tusdagi qisqa sharh — «Maʼoniy al-axbor va at-taʼarruf li-mazhab axl at-tasavvuf» («Xabarlar maʼnolari va tasavvuf ahli mazhabi bilan tanishish kitobi») islomning birinchi uch asrida tasavvufni oʻrganishda asosiy asarlardan biri boʻldi. Kitobni sufiylarning keyingi avlodlari yuqori baholagan. Xususan, shayx Yahyo as-Suxravardiy al-Maqtul (1191-y. v. e.) «agar «At-Taʼarruf» boʻlmaganda tasavvufdan bexabar qolardik» degan edi. Sufiylarning qarashlari va amaliyot usuli bayon etilgan bu asarda tasavvufning islom aqidalariga toʻgʻri kelmaydigan jihatlarini kelishtirishga urinish bor edi. Bunda tasavvuf butunlay «taqvodorlik» doirasidan chiqmaydi, u oʻzining dindorlik yoʻliga shubha tugʻdirmaydi deb tushuntirilgan. Asar 75 bobdan iborat, uni 3 qismga boʻlish mumkin: birinchi — tarixiy qismida sufiy va tasavvuf tushunchasiga taʼrif beriladi, mashhur mutasavviflar, ularning tasavvufii jasoratlari haqida hikoya va rivoyatlar; ikkinchi — diniy aqidalarni himoya qiluvchi qismida sufiylik aqoidi usuli, mutasavviflar taqvodorligining isboti; uchinchi — tasavvuf amaliyoti qismida tasavvuf yoʻlining asosiy bosqichlari, sufiylar oʻrtasida qabul qilingan baʼzi atamalar bayon qilinadi. Kalobodiy asariga koʻplab sharhlar yozildi. Abu Ibrohim Ismoil ibn Muhammad al-Mustamliyning (1042-y. v. e.) fors tilida yozgan «Hyp al-muriydiy («Muridlar nuri») asari shuhrat qozondi. (Muallif K. bilan vatandosh boʻlgan. Shu tufayli uni Kalobodiyga shogird boʻlishi kerak deb hisoblashadi). Bu sharh tasavvuf tarixiga oid manba sifatida deyarli original asardan qolishmaydi. Uning fihristlaridan biri 1081-y. 7 apr. da koʻchirilgan, bu bizgacha yetib kelgan qad. forsiy qoʻlyozmalardan ikkinchisi hisoblanadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x