KALIY KARBONAT

KALIY KARBONAT, potash, K2SO3 — rangeiz kristall modda. zichligi 2,44 g/sm3, suyuqlanish t-rasi 89,4°.

Kuchli namiqadi. Suvda yaxshi (20° t-rada 100 g suvda 113,5 g) eriydi, eritmasi ishqoriy muhitga ega. Kaliy karbonat qadimdan daraxt va oʻtlar kulidan olib kelingan. Sanoatda, asosan, kaliyning tabiiy tuzlaridan olinadi (q. Kaliyli tuzlar), shuningdek, nifelinni qayta ishlab giltuproqqa aylantirishda hosil boʻladi. Optik shisha i. ch. da komponent, gazlarni N,8dan tozalashda yutuvchi, suvsizlantiruvchi agent, sovun i. ch., fotografiyada, kaliyli oʻgʻit sifatida ishlatiladi. Oʻgʻit tarzida kam qoʻllaniladi. Tuproq zarrachalariga mahkam yopishib, ishqoriy muhitni vujudga keltiradi. Kaliyli oʻgʻitlar sifatida, asosan yerga kuzgi ishlov berishda muhiti nordon hamda xlor bilan shoʻrlangan tuproqlarga solinadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x