KALININGRAD (1946-y. 4-iyulgacha Kenigsberg) — RFdagi shahar, Kaliningrad viloyati markazi. MM. Kalinin nomiga qoʻyilgan. Pregolya daryosining har ikki sohilida. Boltik, dengizi boʻyidagi muzlamaydigan Baltiysk port shahri bilan chuqur kanal orqali bogʻlangan. T. y. tuguni. Aholisi 413 ming kishi (1990-y. lar oʻrtalari). Baliq ovlash va transport floti bazasi. Mashinasozlik va metallsozlik (kema tuzatish, vagonsozlik, «Elektrosvarka», avtoagregat z-dlari bor, baliqni qayta ishlash jihozlari ishlab chikariladi), sellyuloza-qogʻoz, oziq-ovqat (shu jumladan, baliqni qayta ishlash), yengil sanoat korxonalari bor. 3 oliy oʻquv yurti (shu jumladan, un-t), 2 teatr, tarix-oʻlkashunoslik muzeyi, kahrabo muzeyi mavjud. Shahar yaqinida dengiz boʻyi iqlim kurortlari joylashgan.
Kaliningradga 1255-y. qalʼa sifatida asos solingan. 1525—1618-y. larda Prussiya gersogligi poytaxti. 1701-y. dan Prussiya qirolligi tarkibidagi mustahkam qalʼa. 1758—1762-y. darda Sharqiy Prussiyaning rus general-gubernatorligi markazi. 1871-y. da Germaniya tarkibiga kirdi. Kenigsberg 1945-y. apr. boshida shoʻrolar armiyasi tomonidan shafqatsiz bombardimon qilinishi natijasida shaharda tarixiy meʼmoriy yodgorliklar saqlanmagan. Aholisi esa butunlay koʻchirib yuborilgan. 1945-y. Potsdam konferensiyasi karoriga asosan, Kenigsberg atrof hududlari bilan birga sobiq Ittifoq tarkibiga oʻtdi. Kaliningrad Kaliningrad viloyati tarkibida alohida iqtisodiy r-n maqomini olgan.