KALILA VA DIMNA

«KALILA VA DIMNA»adabiy yodgorlik. «Panchatantra» va «Xitopadesha» kabi qad. hind ogʻzaki ijodi zaminida vujudga kelgan, uning anik, yozilgan vaqti maʼlum emas. Asar shahzodalarga taʼlim-tarbiya berishga moʻljallangan boʻlib, nasihat ruhida yozilgan. Unda ijtimoiy, siyosiy, axloqiy va maishiy masalalar, asosan, majoziy yoʻl bilan 2 shagʻol (chiyaboʻri) — Kalila va Dimna (sanskritcha Kartak va Damnako, paxlaviyda Kalilak va Dimna) munozarasi shaklida bayon etiladi. «Kalila va dimna va D.» 6-a. da Eron shoi Xusrav Anushirvon (531—79) buyrutiga binoan, uning shaxsiy tabibi Barzuya tomonidan Hindistondan keltirilgan va paxlaviy tiliga tarjima qilingan. 8-a. da mashhur adib Abdulloh ibn al-Muqaffa (721—57) pahlaviydan arab tiliga, undan Rudakiy fors tiliga nazm bilan tarjima qilgan. Husayn Boyqaro davrida Husayn Voiz Koshifiy forschaga tarjima qilib, uni «Anvori Suhayliy» deb nomlaydi. Asarning fors tiliga oʻgirilgan nusxasi 16-a. oxirida qayta ishlangan. Uni eski oʻzbek tiliga Muhammad Mulla Niyoz (1837), Fazlulloh qori Almaiy tarjima qilishgan. Almaiy tarjimasi 3-marta nashr etilgan (1910—13). Asar hoz. uzbek tilida bir necha bor nashr etilgan (1966, 1977, 1988, 1992, 1994).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x