KALESNIK Stanislav Vikentyevich [1901.10(23).1 — Peterburg — 1977.13.9] — rus glyatsiologi va tabiiy geografi. Rossiya FAning akad. (1968). Sankt-Peterburg un-tini tugatgan (1929). Shu un-tda tabiiy geogr. kafedrasi mudiri (1950-y. dan). Koʻlshunoslik in-ti direktori (1955-y. dan). Ilmiy ishlari umumiy yer bilimi, landshaftshunoslik, glyatsiologiya, shuningdek, Markaziy Tyanshan va Jungariya Olatovi geomorfologiyasi nazariy masalalariga bagʻishlangan. Tabiiy geogr. ga xionosfera, muz bosish energiyasi, geografik struktura kabi yangi tushuncha va terminlarni kiritgan. 1964-y. dan Rossiya geogr. jamiyati raisi, 1968—72 y. larda Xalqaro geogr. ittifoqi vitseprezidenti. Krakov va Finlyandiya (Turku) un-tlarining faxriy d-ri. Kalesnik nomiga Orka Ili, Jungariya Olatovi va Qutbiy Ural togʻlaridagi muzliklar qoʻyilgan.
As: Obщaya glyatsiologiya, L., 1939; Osnovы obщyego zemlevedeniya, 2-ye izd., M., 1955; Umumiy yer bilimi qisqa kursi, T., 1967; Obщiye geograficheskiye zakonomernosti Zemli, M., 1970.