KALAMITNAMOLAR (Calamitales) — qirilib bitgan boʻgʻim tanali oʻsimliklar qabilasi; ulkan qirqboʻgʻimlarni eslatadi. Boʻyi 8—12 m, diametri 0,5—1 m boʻlgan. Poyasi boʻgʻimlar (tugunlar) bilan boʻgʻim oraliqlariga ajralgan. Novdalarining boʻgʻimlarida shoxlari yoki bir tomirli oddiy chiziqsimon barglari toʻp-toʻp joylashgan. Kalamitnamolarning sporali qubbalari galmagal joylashgan mevalaydigan va mevalamaydigan (steril) barglardan iborat boʻlgan. Kalamitnamolar anatomik tuzilishiga koʻra, qirqboʻgʻimlardan ikkilamchi yogʻochining kuchli rivojlanganligi bilan farq qilgan, lekin tanasi oʻzakning barvaqt yemirilishi natijasida qirqboʻgʻimlarning poyasidek gʻovak boʻlgan. Kalamitnamolarning asosiy turkumi — CalamitesHHHr 3 kenja turkumi boʻlgan. Sodda Kalamitnamolar (osterokalamitlar) devon davrining oxirida paydo boʻlib, toshkoʻmir davrining oʻrtasida qurib bitgan. Ularning oʻrnini asl Kalamitnamolar egallab, bular ham oʻz navbatida perm davrida yoʻq boʻlib ketgan. Kalamitnamolar tropik zonaning past va koʻpincha,botqoq yerlarida juda koʻp tarqalgan edi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые