KAINIT

KAINIT (yun. kainos — yangi) — sulfatlar sinfiga mansub mineral, kimyoviy formulasi (KMgSO4)Cl-3H2O. Mineral oʻta gigroskopik, havoda toʻzuvchi donador va poʻstloqsimon oqish massalardan iborat. Monoklin singoniyali; rangi tarkibidagi qorishmalarga bogʻliq holda turlicha boʻladi — sargʻish, kulrang baʼzan qizil; shishasimon yaltiroq; suvda oson eriydi. Qattiqligi 2,5—3; zichligi 2—2,2 g/sm3. Sulfatli tuz konlarida vujudga keladi, kizeritli, karnallitli, galitli va b. aralashmalarda koʻp uchraydi. Oʻzbekistonda keng tarqalgan. Q. x. oʻgʻitlari uchun, kaliy va magniy tuzlarini olishda xom ashyo sifatida foydalaniladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x