KAHRABO KISLOTA

KAHRABO KISLOTA (SN2 SOON) 2 – ikki asosli organik kislota. Rangsiz kristall modda. Mol. m. 118, suyuqlanish t-rasi 183°, qaynash t-rasi 235°.

Suvda, etil va metil spirtda yaxshi, efirda yomon eriydi. Qoʻngʻir koʻmir va turli smolalar (mas, kahrabo va b. oʻsimliklarda) bor. K. k. kahraboni quruq haydab, sintetik usulda etilen bromiddan olinadi. Fotografiyada, tibbiyot, analitik kimyoda, baʼzi plastmassalar olishda va b. sohalarda ishlatiladi. Chigitni ekishdan, bugʻdoy, qand lavlagi va b. urugʻini sepishdan oldin Kahrabo kislotaning kuchsiz eritmasida namlansa, urugʻ yerdan erta va tekis unib chiqib, tez rivojlanadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x