KAGOR

KAGOR (Fransiyaning Kagor sh. nomi-dan) — qizil rangli uzum navlari (Kaberne-Sovinyon, Kaxeti, Saperavi, Takveri, Morastel va b.) dan tayyorlanadigan desert vino turi. Kagor quyuq toʻq qizil rangi bilan ajralib turadi. Tarkibida 16—17% spirt, 16—25 g/sm3 kand bor. K. turidagi vinolar texnologiyasining muhim xususiyati: shirasi 20% dan kam boʻlmagan uzum gʻujumlari eziladi va sharbat turpi bilan birga 55 — 75° ga qadar qizdiriladi (baʼzan gʻujumlar qaynab turgan suvga 2—3 min botirib olinadi, soʻngra eziladi). Bu usul vinoga oʻziga xos taʼm beradi va boʻyoq, fenol va b. ekstraktiv moddalarning sharbatga oʻtishini taʼminlaydi. Soʻngra 1,5—2 soat davomida tindiriladi, bu jarayonda sharbat bot-bot aralashtirib turiladi, soʻngra 25° gacha sovitilib 2—3% sof drojji undirmasi qoʻshiladi. Qand boʻyicha (kamida 2 g/100 sm3) yetarli konditsiyaga qadar achigandan keyin sharbat ajratib olinadi, turpi 2-marta presslanib sharbati ajratiladi. Ularga spirt qoʻshiladi va olingan vino materiallar bochka yoki butlarda 3 yil saqlab yetiltiriladi, soʻngra shishalarga quyiladi (yana q. Vino, Vino-arak, sanoati).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x