Kaftga qarab taqdirni aniqlash – bu qanchalik haqiqat?

Bizni telegram orqali ham kuzatishingiz mumkin Kanalga obuna bo’lish

Kaftga qarab fol ochishning nima ekanligini ko‘pchilik biladi. Bu qanchalar haqiqatga yaqin bo‘lishi mumkin? Kaftdagi chiziqlarning inson taqdiri yozuvlari ekanligi rostmi?

Fan nima deydi?

Odam salomatligi va kaftdagi chiziqlar bog‘liqligini o‘rganadigan olimlar ushbu qadimiy san’atni dermotoglifika (qo‘ldagi rasmlar haqidagi fan) deb nomlashdi.Ularning tadqiqotlari olamshumul kashfiyot bo‘ldi. Unga ko‘ra sog‘liq, aqliy salohiyat va fe’l-atvor ona qornidayoq har bir odamning kaft chiziqlarida muhrlangan bo‘lar ekan. Homila uch oylik bo‘lganida undagi asab tizimi bilan birga kaftidagi chiziqlari ham shakllanarkan. Shu bois homila rivojlanishidagi barcha nonormal holatlar shu ondayoq uning terisida iz qoldiradi. Ba’zi skeptiklarning fikriga qaramasdan, bu chiziqlarni jismoniy mehnat natijasida paydo bo‘lgan oddiy burma deb o‘ylash noto‘g‘ri. Axir ular odam hali harakatlanishni-da o‘rganmagan paytda bitilgan bo‘ladi-ku. Olimlar aytganidek,chaqaloq yorug‘ dunyo yuzini ko‘rishi bilanoq uning kuchli jismoniy va ruhiy xastaliklarga moyilligini bilish mumkin ekan.

Kaftni o‘qish bo‘yicha “qo‘llanma”

Xo‘sh, kaftimizdagi jimjimador chiziqlardan biz nimalarni ko‘rishimiz mumkin? Esingizda bo‘lsin, salomatliginigiz haqida to‘liq bilmoqchi bo‘lsangiz ikala qo‘lingizga ham qarashingiz kerak.
Chap qo‘l- ota-onamizdan qabul qilgan nasliy faktorlarni ko‘rsatadi. O’ng qo‘l esa butun umr davomida orttirganlarimizdan darak beradi (chapaqaylarniki aksincha bo‘ladi).

Asosiy chiziqlar

Hayot chizig‘i odamning qancha umr kechirishini emas, balki qanday yashayotgani, u qay darajada kuchli, g‘ayratli va hayot zarbalariga chidamli ekanligini bildiradi.
•             Chiziqning qisqa va bilinar-bilinmasligi o‘sha odamning nimjon va tortinchoqligidan darak beradi.
•             Agar chiziq zanjirni eslatsa, ya’ni uzilib-uzilib, mayda-mayda bo‘lakchalardan iborat bo‘lsa u holda bu qandaydir kasallikni bildiradi.
•             Kaftdagi uzun, to‘g‘ri, aniq va chuqur chiziq odamning bardoshli va g‘ayratli ekanligini anglatadi.
•             Agar chiziq bosh barmoqqa yaqin bo‘lib, uni  “quchib” turgan bo‘lsa, bundaylar vaqti-vaqti bilan quvvatsizlikdan shikoyat qilib, dam olishga ehtiyoj sezadilar. Ular o‘z salomatligiga jiddiy e’tibor qaratishi lozim.

Taqdir chizig‘i umr davomida bir paydo bo‘lib, bir yo‘qolib ketadi.

•             Chiziq umrning birinchi yarmida umuman ko‘rinmasa, keyin aniq va chuqurroq ko‘rinishda paydo bo‘ladi. Bu esasizning hayot sinovlariga to‘la bardosh bera olishingizni bildiradi.
•             Olma pish og‘zimga tush, deb umuman harakat qilmaydigan, hayotda maqsadi yo‘q odamlarda bu chiziq umuman bo‘lmaydi.
•             Notekis, uzilib-uzilib turgan taqdir chizig‘i oshqozon bilan bog‘liq muammo borligidan ogoh etadi.

Tafakkur chizig‘i intellekt ramzidir. Unga qarab bemalol markaziy asab tizimi holati, fikrlash, aql-idrokka baho berish mumkin.
•             Agar chap qo‘ldagiga nisbatan o‘ng qo‘lda chiziq aniq bqlsa, demak bunday odam tabiat unga ato qilgan in’omdan to‘la foydalanadi. Aksincha bo‘lsa, bunday odamlar hali o‘zlarini to‘la kashf eta olmaganlar, o‘z qobiliyati haqida bilmaydilar.
•             Chiziq qanchalik uzun va chuqur bo‘lsa, bunday odamlar juda keng tafakkur sohibidir.
•             Tafakkur chizig‘ini kesib o‘tuvchi mayda perpendikulyar chiziqlar, tez-tez bosh og‘rishidan darak beradi.

Yurak chizig‘i odamning tabiatini oshkor etadi. Uning samimiy va emotsionalliligini ko‘rsatadi. Bu chiziq ham hayot davomida o‘zgarishi mumkin. Agar chiziq aniq, chuqur va to‘g‘ri bo‘lsa, bunday odamlar baxtli, his-hayajonga beriluvchan, harqanday holatda ham hayotdan zavq olib yashaydigan, shu bilan birga sog‘lom, yuragi baquvvat bo‘ladi.

Rang va nuqsonlar

Kaftingizdagi chiziqlar rangi, ularni to‘g‘ri noto‘g‘riligi ham muhim ahamiyatga ega. Ya’ni bularning hammasi sizning fe’l-atvoringiz va sog‘lig‘ingiz bilan uzviy bog‘liq.
•             Rangpar, bo‘lingan va to‘lqinsimon chiziqlar organizm nimjonligi, g‘ayrat va qat’iylik yetishmasligidan darak beradi.
•            Qizil chiziqlar ruh sog‘lomligini, mizojning faolligini bildiradi.
•             Bo‘lingan chiziqlar kasallikni bildiradi. Zudlik bilan shifokor ko‘rigiga borish talab etiladi.

Taqdir bitiklari

•             Hayot davomida kutiladigan hodisalar chizig‘ilari chap qo‘lda voqea sodir bo‘lgandan keyin paydo bo‘lsa, o‘ng qo‘lda sodir bo‘lishdan ancha yillar oldin o‘qish mumkin.
•             Agar ikala qo‘l chiziqlari orasidagi farqlar u qadar katta bo‘lmasa, demak odam hayoti davomida deyarli o‘zgarmagan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x