KADYAK, Kodyak — Tinch okeandagi orol, Alyaska (AQSH) ning jan. qirgʻoqlari yaqinida. Materikdan Shelixov boʻgʻozi orqali ajralgan. Mayd. 9,5 ming km2. Qirgʻoqlari notekis, fyord koʻp. Relyefi togʻlik (eng baland joyi 1353 m). Katmay vulkani otilishi (1912) natijasida yer yuzasi vulkan kullari bilan qoplangan (baʼzi joylarda qalinligi 6 m ga yetadi). Oʻsimlik dunyosi, asosan, baland boʻyli oʻtlardan iborat, oʻrmonlar uchraydi. Kadyak fauna rezervati tashkil etilgan. Qirgʻoq yaqinidagi suv baliqqa boy. Baliq ovlanadi. Asosiy aholi punkti — Kadyak. Orol 1763-y. rus dengizchisi S. Glotov tomonidan kashf etilgan.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые