KADR

KADR (frans. cadre — rom) — 1) surat, fotoplyonka yoki fotoqogʻozga tushirilgan tasvirdan bir koʻrinish. K. ning chegarasi, tasvir koʻlami, tuzilishi, suratga olinadigan vaqti va b. undan kuzatilgan maqsadga muvofiq belgilanadi; 2) kinokadr — kinoapparat bilan suratga olingan voqea (harakat, holat)ning kinoplyonkadagi bir koʻrinishi. Rej. va operator koʻzda tutgan har bir Kadr (suratga olinayotgan koʻrinish) asar gʻoyasiga, mazmuniga xizmat qiladi, gʻoya va mazmunni ifodalaydi;

3) montaj kadri — filmning tarkibiy qismi, biror harakatning tasvirdagi maʼlum holati;

4) ssenariy kadri — suratga olish koʻzda tutilgan holatning tavsifi;

5) telekoʻrsatuv kadri — televizor ekranidagi tasvir.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x