KABALAKA (Kabala, Kabalak) — kad. shahar, Kavkaz Albaniyasining poytaxti (6-a. gacha). Yirik savdo markazi (15-a. gacha). Safaviylar tomonidan vayron qilingan (16-a.). K. haqidagi ilk maʼlumotlar Pliniy va Ptolemey asarlarida, shuningdek, kad. gruzin va arab manbalarida uchraydi. Chuxur-Kabali qishlogʻi (Ozarbayjon) yonida Kabalaka arki xarobalari saklangan boʻlib, u 25 ga mayd. ni egallaydi. Arqdan sharqrokda ibodatxona va shahriston (50 ga dan ziyod) joylashgan. 1926, 1944—45 y. larda arxeologik kazish ishlari olib borilgan.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые