JURIN Vladimir Dmitriyevich (1891.4.5, hoz. Tatariston Respublikasi Tetyushi sh. — 1962.19.8, Moskva) — gidrotexnik-muhandis, texnika fanlari dri (1945), prof. (1928), muhandislik-texnika xizmati generalmayori (1943). Turkistondagi irrigatsiya ishlari boshqarmasi (Moskva)da ishladi (1918—21). Mirzachoʻl va Chuy (Qirgʻiziston) vodiysini oʻzlashtirish loyihasida qatnashgan. Oʻrta Osiyo untining meliorativ-muhandislik f-tida oʻqituvchi, dekan (1921—25). Uning tashabbusi va rahbarligida Toshkent sh. da tashkil qilingan Oʻrta Osiyodagi birinchi Suv xoʻjaligi tajriba-tadqiqot inti (1932-y. dan hoz. V. D. Jurin nomidagi Oʻrta Osiyo irrigatsiya i. t. intima direktor (1926—30). 30-y. lardan Rossiyadagi yirik gidrouzel qurilishlarida rahbar lavozimlarida ishladi. Ilmiy ishlari irrigatsiya qurilishlarida gidromexanizatsiya usullarini qoʻllash, amaliy gidravlika, suv xoʻjaligi inshootlarini loyihalash masalalariga bagʻishlangan.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые