JUNGʻARIYA DARVOZASI

JUNGʻARIYA DARVOZASI — gʻarbda Jungʻariya Olatovi va sharqda Borliq tizmasi hamda Moylitov tizmalari orali gʻidagi togʻ yoʻlagi. Qozogʻistonda, Xitoy bilan boʻlgan chegara yaqinida. Bal. 300—400 m. Uz. qariyb 50 km, eni 10 km gacha. Iqlimi quruq, tez-tez kuchli shamol («yelvizak»)lar boʻlib turadi. Chala choʻl landshaftiga ega. Jungʻariya darvozasi Balxash—Olakoʻl soyligi va Jungʻariya tekisligini birlashtirib turadi. Jungʻariya darvozasi qadimda Markaziy Osiyo chorvador xalqlari va harbiy qoʻshin oʻtadigan yoʻl boʻlgan. Oqtoʻgʻay — Drujba t. y. qurilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x