JUNGʻARIYA OLATOVI (Yettisuv Ola-tovi) — Qozogʻistonning jan.sharqiy qismi va Xitoydagi togʻlar. Olakoʻl va Ili daryosi orasida. Uz. qariyb 450 km, eni 50—190 km. Bir necha parallel tizmalardan iborat. Bal. 1500—3000 m. Eng baland joyi 4464 m (Besbaskan togʻi). Muzliklar (mayd. 1120 km2) mavjud. Jungʻariya Olatovida polimetall, mis, nodir metall konlari bor. Chala choʻl va dasht oʻsimliklari oʻsadi, 2600 m dan yuqorida subalp va alp oʻtloklari mavjud.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые