JUKOVSKIY Vasiliy Andreyevich [1783.29.1(9.2), Tula viloyati – 1852.12(24).4, Baden-Baden, Germaniya] — rus shoiri. Peterburg FA faxriy aʼzosi (1827), akad. (1841). Ijodini sentimentalist sifatida boshlab («Qishloq qabristoni», 1802), rus romantizminmng asoschilaridan biriga aylangan. Sheʼriyati gʻamgin oʻylarga, romantik ruhda qayta ishlangan xalq tasavvuridagi obrazlarga boy («Lyudmila», 1808; «Svetlana», 1808—12; «Kassandra», 1809; «Eolova arfa», 1814 va b. balladalari). «Uxlayotgan oʻn ikki dev» (1817) dostoni muallifi. Gomer («Odisseya»), F. Shiller, Jukovskiy Bayron asarlarini, «Shohnoma» (Firdavsiy), Hindiston xalqlari eposi «Mahabharata»lan parchalar tarjima qilgan. «Odisseya», «Mahabharata» asarlari oʻzbek tiliga Jukovskiyning rus tilidagi tarjima varianti asosida oʻgirilgan.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые