JUKOVSKIY Nikolay Yegorovich

JUKOVSKIY Nikolay Yegorovich [ 1847.5(17). 1, Orexov qishlogʻi, Rossiya — 1921.17.3, Moskva] — mexanika soxasidagi rus olimi, gidroaeromexanika asoschisi. Peterburg FA muxbir aʼzosi (1894). Moskva un-tini tugatgan (1868), shu un-tda (1885-y. dan), Moskva Oliy texnika oʻquv yurtida ishlagan (1872-y. dan). Jukovskiy qushlarning uchish dinamikasini har tomonlama tekshirgan. Jukovskiyning aerodinamika va aviatsiya sohasidagi ishlari hoz. aviatsiya faniga asos boʻldi. Jukovskiy rahbarligida dunyoda birinchi aerodinamik quvur qurilgan (1902); samolyot vintlarini sinash asbobi yaratilgan. Jukovskiy samolyot qanotining koʻtarish kuchini aniqlovchi qonunni ochdi (1904); samolyot qanoti va vintlarning eng qulay shakllarini aniqlagan (1910—11). Jukovskiy rahbarligida 1904-y. da Moskva yaqinidagi Kuchina q. da Yevropada birinchi aerogidrodinamika in-ti tashkil etildi. Jukovskiy eksperimental va nazariy aerodinamika fanini yaratdi, aeroplan qanotining koʻtarish kuchini hosil qilish prinsipini ochdi hamda uning qiymatini aniqlashga imkon beruvchi teoremani formula orqali bayon qildi. Jukovskiy gidrodinamika, fizika, astronomiya, mat., gidrodinamika va gidravlika, amaliy mexanika, mashinalarni rostlash nazariyasi va b. sohalarga oid tadqiqotlar, un-tlar va oliy texnika oʻquv yurtlari uchun moʻljallangan klassik darsliklar muallifi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x