JUKOVSKIY — RF Moskva viloyatidagi shahar, Moskva daryosi boʻyida, Moskvadan 40 km jan.-sharqda. T. y. stansiyasi, Aholisi 100 ming kishiga yaqin (1994). Markaziy aerogidrodinamika in-ti, Sinovchi-uchuvchilar in-ti bor. Rus olimi N. Ye. Jukovskiy nomiga qoʻyilgan.