JUKOV Boris Samoylovich (1906.2.12, Turkmanistonning Qizilravot sh. — 1987) — grafik rassom, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1969). Moskva poligrafiya in-tida taʼlim olgan (1928-31). 1931-y. dan Oʻzbekistonda. Oʻzbekiston davlat nashriyotida badiiy muharrirrassom boʻlib ishlagan hamda «Mushtum» jur. da faol qatnashgan. 2-jahon urushi davrida frontlar (Shim. Kavkaz fronti) da boʻlib, jangchilarning jasoratlari tasvirlangan asarlar yaratgan («Dushman chekindi», «Partizanlarning ishi», «Kubanda» va b.). Kitoblarni bezagan, plakatlar ishlagan («Qahramon xalq Farhod GES qurilishida», 1942 va b.).
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые