JUGJUR — Oxota dengizining shim.-gʻarbiy sohilidagi togʻlar. RFning Xabarovsk oʻlkasida. Uzunligi qariyb 700 km. Bal. 800—1200 m, eng baland joyi Topko togʻi (1906 m). Jan-gʻarbiy qismi gneys va granit, shim.-sharqiy qismi slanes va ohaktoshlardan (ustini lava va tuflar qoplagan) tuzilgan. Iqlimi qattiq qishli musson iqlimi. Sohil boʻyida kedr butalari, 1300 m balandlikkacha ayan qaragʻayi, daur tilogʻochi usadi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые