JUBANOV Ahmad Quanovich

JUBANOV Ahmad Quanovich [1906.16(29).4, Qozogʻistonning hoz. Oqtoʻba viloyati — 1968.30.5, Olmaota] — qozoq musiqashunosi, kompozitor va dirijyor. Qozoq kompozitorlik musiqasi va musiqashunosligining asoschilaridan. Qozogʻiston xalq artista (1944). Qozogʻiston FAning akad. (1946), Olmaota konservatoriyasining prof. (1947). Leningrad konservatoriyasini tugatgan (1932). Qoʻrmongʻozi nomidagi qozoq xalq cholgʻulari orkestrining tashkilotchisi va dirijyori (1934—45). Sanʼat in-tida xalq cholgʻulari kafedrasining mudiri (1945-47; 1954-61), rektor (1945-62), Avezov nomidagi Adabiyot va sanʼat i.-t. institutidagi musiqa boʻlimi mudiri (1961—68). Qozoq xalq musiqasi haqidagi kitob, ocherk va maqolalar muallifi. «Abay» va «Toʻlegen Toʻxtarov» (ikkalasi L. Hamidi b-n) operalari, uvertyurafantaziya, «Abay» simfonik poemasi, qozoq cholgʻulari uchun syuitalar, fortepiano uchun pyesalar, qoʻshiq va romanslar, spektakl va kinofilmlarga musiqalar yozgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x