JOʻKA

JOʻKA (Tilia) — joʻkadoshlar oilasiga mansub buta va daraxtlar turkumi. Oʻzbekistonda 9 turi oʻstiriladi. 3 turi — yirik bargli Joʻka, mayda bargli Joʻka va yuraksimon bargli Joʻka dorivor hisoblanadi. Ular boʻyi 25 m gacha keladigan daraxtlardir. 300—400 yil usadi. Barglari uzun bandli, ketma-ket joylashgan. Gullari tarkibida efir moyi, S vitamin, karotin va b. moddalar bor. Quritilgan bargi va preparatlari terlatuvchi dori sifatida, shuningdek, damlamasi ogʻizni chayqash uchun ishlatiladi. Yogʻochi oq, yumshoq boʻlib, mebel, faner va b. tayyorlashda ishlatiladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x