Tarjimai hol
Ashurali Jo‘rayev publitsistik ijodini jurnalistikadan boshlagan, keyinroq esa yozuvchi bo‘lgan. Uning adabiyotga bo‘lgan qiziqishi institutda o‘qigan kezlari namoyon bo‘lgan. U institutning adabiy to‘garaklarida o‘zining hikoya, ocherklari bilan qatnashgan. Uning birinchi asari ham shunday to‘garaklarning oynomasida chop etilgan. Keyingroq uning shaxsiy adabiy uslubi rivojlanib, ocherk va maqolalari o‘quvchini to‘lqinlantira boshladi.
Uning maqolalari hujjali bo‘lganligi bois, keskin dolzarb chekinishlari bilan farq qiladi. Uning maqolasi tufayli taniqli hofiz Fahriddin Umarovning ismi qayta tiklangan.
1956 yilda Navoiy viloyatining Navoiy tumanida tug‘ilgan. O‘rta maktabni tamomlab, mehnat faoliyatini “Tashselmash” zavodida boshlaydi. 1974-1978 yillar Toshkent Davlat madaniyat institutida o‘qigan. O‘qish yillaridayoq, 1976 yildan Toshkent texnologiya bilim yurtining kechki bo‘limida tarbiyachi bo‘lib ishlaydi. U 1983 yilga qadar shu bilim yurtda o‘qituvchi, ishlab chiqarish ta’limi ustasi bo‘lib ishlagan.
1983-1996 yillar mobaynida “O‘zbekiston adabiyoti va san’ati” haftaligida bo‘lim boshlig‘i bo‘lib ishlagan. 1996 yil Prezident Devoni tarkibidan joy olgan. Hozirgi kunda esa “Mushtum” oynomasining bosh muharriri bo‘lib ishlaydi. Uning qalamiga ko‘plab maqolalar mansub, jumladan, “Iltimosga kuning qolmasin”, “Qayta qurish va san’atdagi muammolar”. Mazkur maqolalar qat’iyligi va hujjatliligi bilan farq qiladi.
Uning “Yurak bo‘ronlari” nomli hikoyasida Fahriddin Umarovning nomi jonlanib, hofizning hayoti ifodalangan. Ushbu asari uchun Ashurali Jo‘rayev Yoshlar ittifoqi tomonidan mukofotlangan. Uning “Toshbaqalar musobaqasi” hamda “Kim o‘q uzdi” kabi hujjatli hikoyalari kitobxonning alohida sevgisini qozongan.