JONDAVLATTEPA

JONDAVLATTEPAshahar xarobasi (mil. av. 1-ming yillik oʻrtalari — mil. 1 ming yillik oʻrtalari). Sherobod (Surxondaryo viloyati)ning shim.-sharqiy tomonida joylashgan. Mayd. 8 ga. Tarhi koʻp burchakli. Shaharning 2 ta darvozasi boʻlgan. 1-si sharqiy devorning oʻrtasida, 2-si jan. devorning markazida joylashgan. Darvozalar ikki tomondan minoralar bilan mustahkamlangan. Hoz. paytda shahar xarobasining katta qismidan qabriston sifatida foydalanilmoqda. Kushonlar davrida Jondavlattepa gullab-yashnagan. Shaqarning shim.-gʻarbiy burchagida murabba tarhli qoʻrgʻon (bal. 19 m) boʻlgan. Jondavlattepadan koʻplab sopol idishlar va b. moddiy-madaniyat yodgorliklari topilgan.

Ad.: Pidayev Sh. R., Poseleniya Kushanskogo vremeni Severnoy Baktrii, T., 1978.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x