JODI, kajkord — 1) beda va poyalarni qirqib, mollarga ozuqa tayyorlash uchun ishlatiladigan asbob. Dami pichoq yoki oʻroqniki singari tekis va tishli (arrasimon) xillari bor;
2) igna yasovchi hunarmandlarning ignaga moʻljallangan simni qirqadigan asbobi.