JOʻRAYEV Toʻxtamurod Joʻrayevich (1934.25.10, Toshkent) — matematik olim, Oʻzbekiston FA akad. (1989), Oʻzbekistonda xizmtg koʻrsatgan fan arbobi (1991), fiz.-mat. fanlari d-ri (1972), prof. (1973). ToshDU ni tugatgan (1958), Oʻzbekiston FA Mexanika pa inshootlarni n g seysmik mustahkamligi in-ti direktori (1974-85), Oʻzbekiston FA Matematika in-tida direktor (1985—92 va 1997-y. dan), ToshDU rektori (1992 — 95), Oʻzbekiston FA prezidenti (1995 — 2000). Ilmiy ishlari xususiy hosilali differensial tenglamalar va chegaraviy qatlam nazariyasiga oid. Uning aralash va aralash-qoʻshma tipli tenglamalarga oid ishlarida yangi chegaraviy masalalar oʻrganilib, muhim na-tijalar olingan; matematik fizikada muhim tatbiklarga ega boʻlgan chegara-viy qatlam nazariyasiga oid ishlarining axdmiyati katta. Joʻrayev bir qancha xalqaro akademiyalar va xalkaro jamiyatlar aʼzosi. Koʻp jildli (1-, 2-j., T., 1999) «Oliy matematika asoslari» darsligi hammuallifi. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi (1992 — 95), 1-chaqiriq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputati. Beruniy nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1974). «Doʻstlik» (1996), «Mehnat shuhrati» (1999) ordenlari bilan mukofotlangan.
As: Krayevыye zadachi dlya uravneniy smeshannogo i smeshanno-sostavnogo tipov, T., 1979.