JOʻRAUZUM — kechpishar xoʻraki uzum navi. Hoz. Oʻzbekiston oʻsimlikshunoslik i. t. in-tida Nimrang va Pushti Toifi navlarini chatishtirib chiqa-rilgan (A. M. Negrul va M. S. Juravel). Tupi kuchli oʻsadi. Guli qoʻsh jinsli. Bargi oʻrtacha, besh boʻlakli, arra tish-li, barg bandi uzun. Uzum boshi katta (oʻrtacha vazni 500—550 g), sershingil, gʻujumlari yirik, tuxumsimon, och yashil. Poʻsti qattiq, yupqa, seret, sersuv, mazasi yoqimli. Sent. ning oxirida pishadi. Tarkibida 22—23% qand, 6,5—7,5 mg% kislota bor. Gektaridan 400—500 s gacha hosil beradi. Toshkent, Samarqand viloyatlarida ekiladi. Yangiligida isteʼmol qilinadi, vinolar tayyorlanadi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые