JOʻJI ULUSI

JOʻJI ULUSIChingizxon tomonidan 1224-y. qilingan taqsimga koʻra Joʻjixon va uning xonadoniga merosiy boʻlib tekkan yer mulki. Unga Irtish daryosidan Uralga qadar va undan Gʻarbga tomon «moʻgʻul otlari tuyogʻi yetgunga qadar» boʻlgan yerlar kirgan; Janubda Joʻji ulusi Chigʻatoy ulusi bilan chegaradosh boʻlgan. Shim. Xorazm, Amudaryo va Sirdaryoning quyi etaklari ham Joʻji ulusiga tobe boʻlgan. Joʻjixonning qarorgohi Irtish daryosi vodiysida boʻlgan. Botuxonning Sharqiy Yevropaga qilgan istilochilik yurishlari natijasida Joʻji ulusi juda ulkan hududni qamrab olgan va u 13-a. oʻrtalariga kelib Moʻgʻullar davlatida amalda mustaqil boʻlgan (yana q. Oltin Oʻrda).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x