Jizzax politexnika instituti 1992 yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1992 yil 28 fevraldagi Farmoni va Vazirlar Mahkamasining 11 mart 1992 yildagi 125-raqamli qarori bilan Toshkent arxitektura va qurilish instituti Jizzax filiali, Toshkent kimyo-texnologiya instituti Jizzax filiali hamda Toshkent avtomobil yo‘llari institutining Jizzax filiallari negizida tashkil etilgan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining tashkiliy tuzilmasiga kiradi.
Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 5- sentyabrdagi 699- sonli qaroriga binoan Jizzax politexnika institutiningtuzilmasiga o‘zgartirish kiritildi. Fakultetlar soni 5 taga etkazildi, jumladan, Arxitektura va qurilish, Sanoat texnologiyalari, Avtotransport, Elektromexanika va radioelektronika, Servis fakultetlari.Arxitektor-loyihachilar va quruvchilarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish mintaqaviy markazi, ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi tashkil etildi.