JIYAK

JIYAK, zeh — ensiz tasma. Kiyimlarning oldiga, yoqa, yeng, choʻntak, etak chetlariga, doʻppining kizagiga, kashtali bezak buyumlariga tikiladi. Oʻrta Osiyo, jumladan Oʻzbekiston hududida keng tarqalgan. Buxoro, Samarqandda zeh, Surxondaryoda sherozi va b. nomlar bilan yuritiladi. Tayyorlash usuliga koʻra bir necha turlarga boʻlinadi: qoʻlda toʻqiladigan sodsa Jiyak, bir necha kishi tomonidan toʻqiladigan rangdor, gulli murakkab Jiyak, maxsus dastgoh (jiyak doʻkon) da toʻqiladigan Jiyak, matoga kashta tikib tayyorlanadigan Jiyak va b. J. kashtasi anʼanaviy handasiy, islomiy naqshlar va ularning uygʻunligidan iborat boʻlib, baʼzan naqsh mujassamotiga roʻzgʻor buyumlari, asbob va b. buyumlarning shakllari, yozuvlar kiritiladi. Hozir ham Jiyak tayyorlash va tikish keng tarqalgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x