JIRMUNSKIY Viktor Maksimovich

JIRMUNSKIY Viktor Maksimovich [1891.21.7 (2.8), Peterburg – 1971.3.1, Leningrad] — rus tilshunosi, adabiyotshunos va folklorshunosi. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1944), akad. (1966). Peterburg un-tini tamomlagan (1912), Leningrad un-ti prof. (1919—41; 1945—49), U rta Osiyo davlat un-ti prof., shu un-t huzuridagi tarixfilologiya i. t. instituta direktori, Toshkent davlat pedagogika in-tida kafedra mudiri (1942—44), sobiq Ittifoq FA Tilshunoslik in-ti Leningrad boʻlimida hind-yevropa shoʻbasi mudiri (1957—71). Ilk asari nemis romantizmiga bagʻishlangan (1913), Sharq xalqlari eposi masalalariga oid «Oʻzbek xalq qaxramonlik eposi» (H. T. Zarifov bilan hamkorlikda, 1947), «Alpomish haqidagi rivoyat va bahodirlik ertaklari» (1960) kabi monografiyalar muallifi. Nemis tili tarixi va dialektologiyasi, turkiy tillar shevalarini qiyosiy oʻrganish masalalariga oid ilmiy ishlari bor.

As: Narodnыy geroicheskiy epos, M. — L., 1962.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x