JIQTOQLAR

JIQTOQLAR (Glareola) — baliqchilar turkumi urugʻiga mansub qushlar. Tanasining uz. 25 sm gacha. Tumshugʻi kalta, ogʻzining kattaligi bilan boshqa balchiqchilardan farq qiladi. 7 turi bor. Yevropa, Osiyo, Afrikada (qishda Avstraliyada ham) uchraydi. Oʻzbekistonda 2 turi yashaydi. Dalalar, choʻllar va oʻtloqlarda tarqalgan. Yozda uchib kelib, qishda uchib ketuvchi qushlardan. Odatda, toʻdalashib uya soladi. Hasharotlar bilan oziqlanadi. Chigirtka va b. zararkunandalarni qirib, foyda keltiradi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x