JIOK

JIOK (Gianque) Uilyam Frensis [1895.12.5, Niagara-Fole (Kanada) — 1982.29.3] — amerikalik fizik-kimyogar, AQSH Milliy FA aʼzosi (1936-y. dan). Kaliforniya un-ti prof. (1934-y. dan). Asosiy ishlari moddalarning termodinamik xossalarini, shu jumladan kondensirlangan gazlarning oʻta past t-ralardagi xossalarini tekshirishga bagʻishlangan. Termodinamikaning 3-boshlanishini amaliy tadqiqotlar oʻtkazish natijasida tekshirgan. D. Mak-Dugal bilan hamkorlikda IK dan past t-ralar xreil qilish va oʻta past t-ralarni oʻlchash maqsadida adiabatik magnitsizlanish usulini ishlab chiqqan (1927). 0,5 K t-ra hosil qilishga erishgan. G. Jonston bilan hamkorlikda kislorodning O16 va O18 izotoplari mavjudligini isbotlagan (1929). Nobel mukofoti laureati (1949).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x