JINSIY SOVUQLIK, frigidlik — seksual taʼsirotga javoban erotik hisning sustligi (q. Seksopatologiya). Jinsiy sovuqlik deganda ayollar xulq-atvoridagi xatti-harakatlar, jumladan, jinsiy maylning susayishi va jinsiy qoniqish — xush yoqish (orgazm) sezgisining aynishi tushuniladi. Jinsiy sovuqlikning bir necha xili tafovut qilinadi: birlamchi (konstitutsional) — J. s. jinsiy maylning norasoligi tufayli yuzaga keladi; retardatsion Jinsiy sovuqlik — seksual hisning yoshga moc holda rivojlanmasligi; psixogen Jinsiy sovuqlik s, bunda Jinsiy sovuqlik ska psixik omillar sabab boʻladi; simptomatik Jinsiy sovuqlik — asabiy, ruhiy yoki boshqa biror kasallik natijasida roʻy beradi; endokrin Jinsiy sovuqlik jinsiy bezlarning kam-koʻstligi yoki endokrin kasalliklar (diabet, gipotireoz, Bazedov kasalligi) sabab boʻladi; genital – retseptiv Jinsiy sovuqlik — jinsiy aʼzolarning jiddiy kasalliklarida kuzatiladi; jinsiy diskomfort — ayolning jismoniy yoki ruhiy ojizligi tufayli roʻy beradi; J. s. ning aralash xili yuqorida keltirilgan omillarning turli koʻrinishlari tufayli sodir boʻladi. Jinsiy sovuqlikni davolash koʻpincha yaxshi natija beradi. Har qanday holatda ham vrach seksopatolog bilan maslahatlashib, uning koʻrsatmalariga amal qilish lozim.
Ad.: Xodakov N. M., Yosh kelin-kuyovlarga [2-nashri], T., 1986; Salimov E., Lazzatlanish sanʼati, T., 1997.