Jinsiy ojizlik sezayotgan erkaklar o‘ziga qanday yordam berishi mumkin?

Jinsiy ojizlik sezayotgan erkaklar o‘ziga qanday yordam berishi mumkin?

Mabodo to‘shakdagi omadsizliklar qaytalanaversa, demak, erkakning xohishlari imkoniyatlaridan ortib ketgan. Yuqoridagi omillardan tashqari spirtli ichimliklarni surunkali ichish, qattiq charchashni bartaraf etgan holda quyidagilarga alohida e’tibor qarating:

• jinsiy yaqinlikka faqatgina shunga jazm qilgan hollardagina yo‘l qo‘ying.
• Eng avvalo siz insonsiz, mashina emas. His-tuyg‘ularingiz va salohiyatingiz doimiy bir xil bo‘lishi mumkin emas. Ba’zan jinsiy aloqaga shay bo‘lib tursangiz, ba’zida qo‘shimcha rag‘bat kutasiz. Shuning uchun ayolingiz bilan bu haqda dildan suhbatlashishdan tortinmang.
• Tasodifiy uchrashuvlardan uzoqroq yuring. Shunda o‘zingiz va jinsiy sherigingizga bo‘lgan ishonch ham jinsiy quvvatingizni oshiradi.
• Tabiatan sizga berilgan tashqi ko‘rinishni hech qachon muhokama qilmang. Chunki jinsiy aloqasiz ham juftliklar bir-birini qoniqtira olishi mumkin. Ammo jinsiy yaqinlikdan keladigan lazzat sizning ongingizdan tashqari yuz berishini unutmang.
• Agar qoshushish vaqti yoki undan oldinroq jinsiy qo‘zg‘alish ro‘y bermasa, buning uchun aslo kuyinmang. Ayolingizga shunchaki, «Bugun qattiq charchabman (yoki «Ko‘p ichib yuboribman, shekilli»), ertaga hammasi yaxshi bo‘ladi» deb tushuntiring va hech qachon o‘zingizni aybdordek his qilmang. Shuning barobarida ayolni ham bu omadsizlikda ayblamang. Jinsiy yaqinliksiz ham ko‘ngillaringizni bir-biringizga bog‘lash haqida o‘ylang.
• Intim o‘yinlar haqida fantaziya qilish ham ortiqcha bo‘lmaydi. Holatlarni o‘zgartirib turish ham jinsiy yaqinlikni mustahkamlovchi tadbirlar sirasiga kiradi.
• Shuningdek, jinsiy jihatdan o‘zni erkin va ishonchli tutish uchun maxsus mashqlar borki, ularni mutaxassis bilan maslahatlashgan holda amalga oshirish mumkin.

@andrology_uz 🚑

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x