Jinsiy munosabat va hayot

Saytimiz foydalanuvchilarning ko‘plab so‘rovlari, aynan jinsiy hayot va jinsiy aloqa haqida bo‘lmoqda. Shuni inobatga olgan holatda bugun imkon qadar ba’zi savollarga quyidagi maqolamiz orqali oydinlik kiritib o‘tamiz.

Ko‘pchilik erkaklar seksual faolligining eng yuqori darjasiga 20 yoshda erishadilar. Bu davrda eng asosiy xususiyatlardan biri erkakning jinsiy aloqa vaqtida tez bo‘shalishidir. Keyingi ereksiya birinchisidan bir oz vaqt o‘tgach boshlanadi. Erkakning yosh o‘tgan sari ereksiyaga erishish uchun ko‘proq vaqt kerak bo‘la boshlaydi. Va bo‘shalish vaqti ham shunga mos ravishda oshib boradi. Ko‘pchilik erkaklar o‘ziga bo‘lgan ishonch va tajriba oqibatida o‘zi uchun ham jinsiy sherigi uchun ham birdek jinsiy lazzat baxsh eta olishadi. Biroq ba’zi erkaklar Yoshi oshgan sari o‘zlarining jinsiy imkoniyatlaridan xavotirlanishadi. Bu xavotirga esa 20 30 yil oldingi jinsiy faollik bilan hozirgi holatini solishtirish sabab bo‘ladi. Avvallari jinsiy muammolardan aziyat chekkan erkaklar yetuklik vaqtlarini jinsiy hayotdan uzoqroqda o‘tqazishadi. Agarda erkak ham ayol ham jinsiy aloqasiz o‘zlarini baxtli his qilishsa, bu holat seksologlar fikricha xavotirli emas. Agar faollikning pasayishi juftlardan birida qoniqmaslikni yuzaga keltirsa, seksologga murojaat qilish lozim.

Seksual muammolarning asosiy sabablaridan biri bu yuqorida ham ta’kidlab o‘tganimizdek, jinsiy juftlikning yoki ulardan birining turli holat va muammolardan xavotirlanishidir. Masalan, jinsiy a’zolarning holatidan (uzun-kaltaligidan, ingichka-yo‘g‘onligidan va hokazolar), tez bo‘shalishdan, holsizlanib qolishdan, jinsiy tajribasizlikdan, bu borada bilimi yo‘qligidan xavotirlanish ko‘p uchraydi. Bu muammolar ko‘pgina erkaklarni, ayniqsa ilk jinsiy aloqaga kirishayotgan vaqtlarida juda bezovta qiladi. Tajribali erkaklarni ham o‘ziga xos seksologik muammolar ba’zi-ba’zida bezovta qilib turadi. Bunday muammolarning asosiysi jinsiy aloqa uchun qulay sharoitning bo‘lmasligidir (ayniqsa, ko‘p farzandli oilalarda!). Va o‘z-o‘zidan uchrab turuvchi jinsiy sovuqqonlik ham asosiy muammolardandir. Jinsiy sovuqqonlikka uzoq vaqtli charchoq, uyqusizlik, surunkali ochlik, turli shamollashlar, gormonal o‘zgarishlar sabab bo‘ladi. Bunday vaqtda jinsiy sherikning sovuqqonligi yo‘qolguncha kutgan ma’qul. Agar jinsiy sovuqqonlik juda uzoq vaqt davom etsa, shifokor seksopatolog ko‘rigiga borishni tavsiya etamiz.

Ilk jinsiy aloqaga kirishayotgan erkaklarda uchraydigan tabiiy savollarni yuqorida yodga olib o‘tgan edik. Endi esa ularga tibbiy jihatdan yondashib javob beramiz. Birinchi so‘rovlardan biri — “Jinsiy olatim aloqa uchun kichiklik qilmaydimi?!”. Xo‘sh, haqiqatan ham jinsiy aloqaning qoniqarli darajada bo‘lishi uchun jinsiy olat uzunligi qancha bo‘lishi kerak?! Bu savolga ko‘gina androlog, seksolog shifokorlar, jinsiy aloqaning ikkala jins uchun ham qoniqarli bo‘lishi uchun ereksiyalangan 8 sm li jinsiy olatning yetarliligini ta’kidlashadi. Lekin jinsiy aloqa qoniqarli bo‘lishi uchun eng muhimi olatning uzun yoki yo‘g‘onligi emas. Balki jinsiy aloqadan oldin jinsiy sheriklarning uyushtiradigan o‘zaro tadbirlaridir. Masalan, erkalashlar, massaj, yoqimli hislar, yoqimli xotiralar, takrorlanmas harakatlar va hokazolar.

Ushbu maqolani ham o‘qing: Jinsiy aloqada nega orgazm juda kech sodir bo‘ladi?

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x