Jinsiy aloqa vaqtida – ogʻriq, achishish, qichishish va qon ketishi sabablari

Jinsiy aloqa vaqtida noxushliklar, ayniqsa, ogʻriq koʻp urologik kasalliklarda kuzatiladi. Jinsiy aloqada ogʻriq turlicha namoyon boʻlishi mumkin va ogʻriq turli joylarda kuzatilish ham mumkin. Ogʻriq qorin pastida, oraliq yoki tanosil aʼzolari sohasida, chov sohasida boʻlishi mumkin.

Jinsiy aloqa vaqtida ogʻriq boʻlishining eng asosiy sabablari quyida keltirib oʻtamiz.

jinsiy aloqada og'riqlar

Erkaklarda jinsiy aloqa vaqtida ogʻriq

  • Uretrit;
  • Tanosil gerpesi;
  • Olat uzdechkasi kaltaligi va uning yirtilishi;
  • Prostatit;
  • Vezikulit;
  • Olat qiyshiqligi (Peyroni kasalligi);
  • Olat jarohati;
  • Siydik yoʻli jarohati.

Uretrit

Siydik yoʻli shamollashi uretritda jinsiy aloqada ogʻriq yagona belgi emas. Qoʻshimcha belgilar:

 

  • Tez-tez siyish;
  • Siydik yoʻlidan ajralma kelishi;
  • Koʻp hollarda siydik yoʻlidan surtma olinganda koʻplab bakteriya va leykotsit topiladi.

 

Tanosil gerpesi

Bu holatda jinsiy aloqa vaqtidagi ogʻriq tanosil aʼzolarida oʻziga xos xarakterli oʻzgarishlar sabab paydo boʻladi. Olat terisida keyinchalik esa shilliq qavatlarida koʻplab mayda pufakchalar paydo boʻladi. Pufakchalar vaqt oʻtib oʻzaro qoʻshilib ketishi ham mumkin. Keyin pufakchalar yoriladi. Shu vaqtda sezuvchan eroziyalar paydo boʻladi.

Olat uzdechkasining kaltaligi

Agar olat uzdechkasi kalta boʻlsa jinsiy aloqa paytida tortishish va olat uzdechkasi sohasida ogʻriq xissi boʻladi. Baʼzi hollarda uzdechka uzilib, yirtilib ketishi mumkin. Bunda uzdechka kaltaligi yoki yirtilganligi koʻrinib turadi

Prostatit va vezikulit

Jinsiy aloqada ogʻriq prostatit va vezikulit uchun uncha xos emas. Lekin boʻlib turadi.

Odatda ogʻriq intensivligi jinsiy aloqa va eyakulyatsiyadan keyin kuchayadi. Jinsiy aloqada ogʻriqqa qoʻshimcha bu holatda yana qorin pastki qismida, chov sohasi va oraliqda ogʻriq boʻladi.

Interstitsial sistit

Interstitsial sistit fonida jinsiy aloqa paytida ogʻriq boʻlishi asosan ayollarda kuzatiladi. Qovuq siydik bilan qancha toʻla boʻlsa, jinsiy aloqa vaqtidagi ogʻriq shuncha kuchli boʻladi. Bundan tashqari bemorda tez-tez siyish ham kuzatiladi.

Jinsiy aloqa vaqtida achishish

Ayollarda jinsiy aloqa vaqtida ogʻriq

Ayollarda ham jinsiy aloqa vaqtida ogʻriqlar koʻp kuzatiladi. Ogʻriqlardan tashqari, ayollarni jinsiy aʼzolar qichishishi, achishishi, diskomfort, qovuqning tez toʻlib qolishi, ajralmalarning koʻp ajralishi kabi noxush holatlar jinsiy aloqa vaqtida bezovta qiladi. Quyida ushbu holatlar sababchilari hamda ularni bartaraf etish choralari haqida qisqacha toʻxtalib oʻtamiz.

Qorinning pastida keskin ogʻriq

Juftingiz bilan yaqinlikka kirishgan zahotingiz qovuqda ogʻriq qoʻzgʻalib, bezovtalik qorinning pastki sohasiga tarqaladi. Yaqinlikdan keyin ham ogʻriq kuchi sezilib turadi. Bu kabi holatga ayollar jinsiy aʼzolaridagi yalligʻlanish, siydik yoʻli va buyrakdagi shamollashlar sabab boʻlishi mumkin. Qorinning pastida keskin ogʻriq kuzatilsa, ginekolog koʻrigidan oʻtib, jinsiy aʼzo UTTsi, zarur tahlillar oʻtkazilishi, soʻng yalligʻlanishga qarshi muolaja bajarilishi lozim. Bu vaqtda jinsiy yaqinlikka kirishish tavsiya etilmaydi.

Jinsiy aloqa vaqtida qichishish va achishish

Teringiz taʼsirchan emas, ammo yaqinlik vaqti jinsiy aʼzoda qichishish paydo boʻladi. Bezovtalik achishish hissi bilan davom etadi. Yaqinlikdan keyin ham qinda terini kuydirayotgandek bezovtalik kuzatiladi. Bu kabi noxush holatning sababchisi ayollar jinsiy aʼzosi zamburugʻli kasalliklari boʻlishi mumkin.

Agar bezovtaliklar sababi zamburugʻlar deb topilsa, shifokor koʻrsatmasi bilan zamburugʻga qarshi dori preparatlari qabul qilinadi. Uni keltirib chiqargan omil aniqlanib, davolanadi. Xastalik qaytalamasligi uchun er-xotin birgalikda muolajalar olishi muhim sanaladi.

Jinsiy aloqa paytida qonli ajralma kelishi

Jinsiy yaqinlikdan soʻng qindan qonli yoki toʻq jigarrang ajralma keladi. Bunga sabab sifatida bachadon ichki vositasi – spiraldan foydalanadigan ayollarda, bachadon boʻyni eroziyasi yoki servikal kanal yalligʻlanishi kabi kasalliklar koʻrsatiladi. Shuningdek, bachadonda turli oʻsmalar boʻlganida ham yaqinlikdan soʻng qonli ajralma kelishi mumkin.

Jinsiy aloqada diskomfort

Nozik munosabatlar sovuqlashib, yaqinlik vaqti oʻzingizni noqulay sezasiz. Aloqaga kirishish qiyin va ogʻriqli boʻladi. Jinsiy aloqa vaqtida kuzatiladigan bu kabi diskomfortning sababchisi oʻlaroq qin shilliq qavatining qurishi koʻriladi. Bu holat asosan yoshi katta ayollarda kuzatiladi. Yoshlarda esa yalligʻlanish kasalliklarining asorati sanaladi. Shilliq qavatning kerakli darajada namlanmasligi, aloqaga kirishishni murakkablashtiradi. Agar qin shilliq qavatining quruqlashishi aniqlansa, shifokor koʻrsatmasi bilan maxsus shamchalar va surtmalardan foydalanish mumkin. Muolaja tugagunicha jinsiy aloqa man etiladi.

Chov sohasida  ogʻriq

Jinsiy aloqa vaqti qinda paydo boʻlgan ogʻriq, asta-sekinlik bilan tos suyagiga uzatiladi. Gavdani koʻtarganda ogʻriq belga ham taʼsir qilishi mumkin. Qizigʻi, bu holat faqat yaqinlik payti sodir boʻladi.

Jinsiy aloqa vaqtida kuzatiladigan bu singari ogʻriqlar ogʻir jismoniy mehnat turi bilan shugʻullanadiganlar, tugʻruq vaqti bel sohasiga yuborilgan ogʻriqsizlantiruvchi preparat asorati, umurtqa churrasi, osteoxondroz hamda nevrologik xastaliklar sababli yuzaga kelishi mumkin. Ogʻriqlarni bartaraf etishda shifokor koʻrigidan soʻng aniqlangan muammoga koʻra zarur muolaja belgilanadi. Yaqinlik vaqtidagi ogʻriq muntazam takrorlansa, albatta mutaxassisga murojaat eting.

Yolgʻon chaqiriqlar

Yaqinlik vaqtida ayol qovugʻi toʻlib borayotganini, hattoki bundan avval hojatga borgan boʻlsa ham sezadi. Qinda tushunarsiz ogʻriq, peshob ajratishi hissining kuchayishi ham kuzatiladi. Yolgʻon chaqiriqlar siydik yoʻllari infeksiyasi, sistit kabi patologik holatlardan darak boʻlishi mumkin. Bu kabi bezovtalik kuzatilayotgan ayollarga, ginekolog konsultatsiyasini olish, UTT, peshob tahlili, infeksiyani aniqlash maqsadida siydik namunasini ekish usullari tavsiya etiladi. Yalligʻlanishga qarshi muolaja toʻliq bajarilgachgina jinsiy yaqinlikka kirishish mumkin.

Abdulhayev Fayzullo, urolog-androlog.
Nilufar Boʻstonova, ginekolog.

Телеграмдаги расмий каналимизга аъзо бўлинг!

Аъзо бўлиш

Бош саҳифа » Jinsiy hayot » Jinsiy aloqa vaqtida – ogʻriq, achishish, qichishish va qon ketishi sabablari

1 2 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x