JINOYATLARNI TASNIFLASH

JINOYATLARNI TASNIFLASH — jinoiy harakatga aniq jinoiy-huquqiy baho berish. Bunda jinoiy qilmish belgilarining jinoyat qonunida nazarda tutilgan jinoyat tarkibi belgilariga muvofiqligi aniqlanadi. Jinoyatlarni tasniflash dastlab tergov organlari tomonidan, yakuniy ravishda esa sud hukmi bilan amalga oshiriladi. Amaldagi jinoyat huquqida Jinoyatlarni tasniflashning 2 asosiy guruhi nazarda tutilgan. Bular:

1) jinoyatlarni obyektiga qarab tasniflash;

2) jinoyatlarni ijtimoiy xavflilik darajasiga qarab tasniflash.

Oʻzbekiston Respublikasining JKda jinoyatlar oʻz xususiyati va ijtimoiy xavflilik darajasiga koʻra: ijtimoiy xavfi katta boʻlmagan; uncha ogʻir boʻlmagan; ogʻir; oʻta ogʻir jinoyatlarga boʻlingan. Ijtimoiy xavfi katta boʻlmagan jinoyatlarga: qonunda ozodlikdan maxrum qilishga nisbatan yengilroq jazolar nazarda tutilgan jinoyatlar; qacddan sodir etilib, qonunda eng ogʻir jazo sifatida 3 y. dan koʻp boʻlmagan muddatga ozodlikdan maxrum qilish nazarda tutilgan jinoyatlar; ehtiyotsizlik oqibatida sodir etilib, qonunda 5 y. dan koʻp boʻlmagan muddatga ozodlikdan maxrum qilish tarzida jazo nazarda tutilgan jinoyatlar kiradi. Uncha ogʻir boʻlmagan jinoyatlarga: qacddan sodir etilib, qonunda eng ogʻir jazo sifatida 3 y. dan ortiq, lekin 5 y. dan koʻp boʻlmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish nazarda tutilgan; ehtiyotsizlik oqibatida sodir etilib, qonunda eng ogʻir jazo sifatida 5 y. dan ortiq muddatga ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazo nazarda tutilgan jinoyatlar kiradi. Qasddan sodir etilib, qonunda ogʻir jazo sifatida 5 y. dan ortiq, lekin 10 y. dan koʻp boʻlmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish nazarda tutilgan jinoyatlar ogʻir jinoyatlarni tashkil etadi. Qasddan sodir etilib, qonunda 10 y. dan ortiq muddatga ozodlikdan mahrum qilish yoki oʻlim jazosi nazarda tutilgan jinoyatlar oʻta ogʻir jinoyatlar hisoblanadi. Jinoyatlarni tasniflash barcha jinoyatlarni ularning xususiyati, ijtimoiy xavflilik darajasiga qarab muayyan turkumlarga boʻlish imkoniyatini berish b-n birga, javobgarlikni belgilash, adolatli jazo tayinlash, qonuniylik va insonparvarlik tamoyillarini amalga oshirishning muhim sharti hisoblanadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x