JINOYAT QIDIRUVI

JINOYAT QIDIRUVI — ichki ishlar organlarining bir tizimi; tezkor qidiruvni va oʻz vakolat doirasiga kiruvchi boshqa ishlar — shaxsga, fuqarolarning shaxsiy mulkiga, jamoat tartibiga va xavfsizligiga qarshi qaratilgan jinoyatlarning oldini olish, payini qirqish hamda ularni ochish va h. k. chora-tadbirlarni amalga oshiradi. Jinoyat alomatlari, jinoyat sodir etgan shaxslarni aniqlash, qidirish va topish ishlari OʻzRda ichki ishlar va milliy xavfsizlik xizmati organlari tomonidan bajariladi. JPK qoidalariga binoan jinoyat ishi yuzasidan dalil tariqasida foydalanish mumkin boʻlgan maʼlumotlar aniqlanadi. Ayblanuvchining turgan joyi nomaʼlum boʻlgan taqdirda tergov shu joyni aniqlash uchun barcha choralarni koʻrishi, zarur hollarda, ayblanuvchi sifatida ishda ishtirok etishga jalb etilishi toʻgʻrisida qaror chiqarilgan shaxsga nisbatan qidiruv eʼlon qilishi lozim. Dastlabki tergov oʻtkazilayotganida ham, bunday tergov toʻxtatilganidan keyin ham qidiruv eʼlon etilishi mumkin. Qamoqqa olish asoslari mavjud boʻlgan, prokuror sanksiyasi bilan qidirilayotgan ayblanuvchi topilgan taqdirda tergovchi qamoqqa olish tariqasida ehtiyot chorasini qoʻllaydi. Ayblanuvchi biron joyda ushlangan taqdirda esa, oʻsha joydagi prokuror mazkur shaxc ayni qidirilayotgan ayblanuvchi ekanligini aniqlashi va uni qamoqqa olish uchun qonuniy asoslar mavjudligiga ishonch hosil qilishi darkor.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x