JINOYAT PROTSESSUAL HUQUQI

JINOYAT PROTSESSUAL HUQUQIHUQUQ tarmogʻi; jinoyat ishini tergov qilish va hal qilishda sud, prokuratura, tergov va surishtiruv organlarining faoliyatini, ularning bu borada fuqarolar va muassasalar bilan munosabatini hamda ayblanuvchi, jabrlanuvchi, ayblovchi, himoyachi va b. protsess ishtirokchilarining huquq va burchlarini belgilaydigan huquqiy normalar yigʻindisi. Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat protsessual huquqi demokratik prinsiplarga va qonuniylikka asoslangan boʻlib, vazifasi jinoyatlarni tez va toʻla ochish, aybdorni fosh etish, jinoyat qilgan har bir shaxsga odilona jazo berish va hech kimni aybciz jinoiy javobgarlikka tortmaslikni taʼminlashdan iborat. Sud, prokuratura, tergov va surishtiruv organlari hamda protsessning boshqa ishtirokchilari faqat qonunda koʻrsatilgan vakolat doirasida harakat qiladilar. Jinoyat protsessual huquqi Oʻzbekiston Respublikasining JPK va boshqa qonun aktlarida ifodalangan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x