JINOYAT ISHINI TUGATISH

JINOYAT ISHINI TUGATISH — dastlabki tergov, surishtiruv olib borilayotgan yoki sudda koʻrilayotgan ishning hukm chiqarilmay tugatilishi. Jinoyat yuz bermagan; mazkur qilmishda jinoyat tarkibi boʻlmagan; jinoiy javobgarlikka tortish muddati oʻtgan; amnistiya eʼlon qilinib, unda mazkur jinoyat uchun jazo qoʻllanmasligi koʻrsatilgan; ayblanuvchi, sudlanuvchi vafot etgan; qilmish ijtimoiy xavflilik xususiyatini yoʻqotgan; shaxs vaziyat oʻzgarishi b-n ijtimoiy jihatdan xavfli boʻlmay qolgan; u qilmishiga chin koʻngildan pushaymon qilgan va b. hollarda jinoyat ishi tugatiladi. Bu holatlarning birontasi avvaldan maʼlum boʻlsa, jinoyat ishi qoʻzgʻatilmaydi. Jinoyat ishini tugatish haqida tergovchi — qaror, sud — ajrim chiqaradi. Manfaatdor shaxs yoki tashkilot bunday qaror (ajrim) ustidan 5 kun ichida prokurorga (yuqori sudga) shikoyat qilishi mumkin (OʻzR JPK, 373-374, 401-moddalar).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x